O‘zbekistonda yetishtirilgan meva-sabzavotlar Qatarga eksport qilinadi

Iqtisodiyot 14:48 / 23.07.2024 754

O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida mahalliy mahsulotlar eksporti hajmini oshirish va diversifikatsiya qilish maqsadida 15-19 iyul kunlari Buxoro viloyati eksportyorlari delegatsiyasining Qatarga xizmat safari tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".

Safar davomida Qatarning eng yirik savdo tarmoqlari va importyor korxonalari, jumladan Carrefour, LuLu, Ansar Gallery, Monoprix, High Com Global kabi kompaniyalar vakillari bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazildi.

Muzokaralar chog‘ida Qatar tomoniga O‘zbekistonda eksport bilan shug‘ullanadigan korxonalar uchun yaratib berilgan qulay sharoit, yurtimizda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari hamda ularning sifati bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuvlar yakunida Milmaxtrade mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan yurtimizda yetishtirilgan ho‘l va quritilgan meva-sabzavot hamda parrandachilik mahsulotlarini Qatarga yetkazib berish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Ko‘proq yangiliklar: