Kamala Harrisni prezidentlikka nomzod sifatida yetarlicha delegatlar qo‘llamoqda

Jahon 13:08 / 23.07.2024 972

AQSh vitse-prezidenti Kamala Harris Demokratlar partiyasidan prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatilishi uchun demokratlardan yetarlicha qo‘llovga ega bo‘lmoqda.

ssociated Press ma’lumotiga ko‘ra, 2579 nafar delegat unga ovoz berishga tayyor. Respondentlarning hech biri boshqa nomzodning nomini e’tirof etmagan. Nomzod bo‘lishi uchun Harrisga 1976 delegat ovozi yetarli edi.

«Partiyamiz nomzodi bo‘lish uchun zarur bo‘lgan katta ko‘makni olganimdan faxrlanaman… Men nomzodlikni rasman qabul qilishni intiqlik bilan kutyapman», - dedi Harris Delaverdagi saylovoldi shtabidagi uchrashuvda.

U noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan saylovlarda Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Trampni mag‘lub etish uchun Amerika xalqini birlashtirishga yana bir marta va’da bergan. «U va respublikachilar mamlakatimiz kelajagi haqida ikki xil tasavvurga ega, chunki Tramp Qo‘shma Shtatlarni ko‘plab amerikalik vatandoshlarimiz to‘liq erkinlik va huquqlarga ega bo‘lmagan davrga qaytarmoqchi. Keyingi 106 kun ichida biz Amerika xalqiga da’vo qilamiz va biz g‘alaba qozonamiz», – degan Harris.

Demokratlar Milliy qo‘mitasi raisi Jyeymi Harrisonning aytishicha, demokratlar 7 avgustgacha onlayn ovoz berish orqali prezidentlikka nomzodni tanlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: