Bayden 25 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 5:00 da amerikaliklar oldida nutq so‘zlaydi. U o‘zini nima kutayotgani va «Amerika xalqi uchun ishni qanday tugatishi» haqida gapiradi. NBC telekanalining xabar berishicha, Bayden aholiga poygani tark etish qarori sabablarini tushuntirish niyatida.
Bu prezidentlik poygasidan chiqishini e’lon qilganidan keyin davlat rahbari ishtirokidagi birinchi ommaviy tadbirdir.
Saylov poygasidan chiqishdan biroz oldin, Bayden kovid bilan kasallangan edi. Siyosatchi ommaviy tadbirlarni bekor qildi va Delaver shtatidagi uyida o‘zini izolyatsiya qildi. Prezident 23 iyul kuni ishga qaytishi kutilmoqda.
Baydenning o‘zi qayta saylanishdan voz kechish qarorini e’lon qilgan kuni amerikaliklar oldida nutq so‘zlash niyatida ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qilingan bayonotida aytilgan. Prezident nutq shu hafta bo‘lib o‘tishini ta’kidladi.
Keyinroq NBC telekanali manbalarga tayanib, Bayden va uning yordamchilari nutq tayyorlayotgani, unda u amerikaliklarga poygadan chiqish qarori sabablarini tushuntirish niyatida ekani haqida xabar berdi.