Vengriya Ukrainaga yordam mablag‘lariga qo‘ygan vetosini bekor qilmadi

Jahon 22:26 / 22.07.2024 5046

Yevropa Ittifoqi davlatlari Ukrainaga qurol yetkazib berish xarajatlarini qoplash uchun Yevropa tinchlik jamg‘armasidan mablag‘ ajratish bo‘yicha kelisha olmadi, chunki Vengriya vetoni bekor qilishdan bosh tortdi. Bu haqda «Kommersant» xabar berdi.

Assotsiatsiya ishtirokchilari Vengriyaning Ukraina bo‘yicha pozitsiyasi tufayli YeI tashqi ishlar vazirlarining navbatdagi yig‘ilishini Budapeshtda emas, Bryusselda o‘tkazishga kelishib oldilar.

Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Vengriya mablag‘larni blokirovkadan chiqarish imkoniyatiga endi ishonmasligini aytdi. U, shuningdek, Yevropa Ittifoqi Vengriyaning Ukraina bo‘yicha pozitsiyasini qoralashini ta’kidladi.

«Yevropa Ittifoqining 25 davlati Vengriyaning pozitsiyasini qoralagan holda, biz Vengriyaning Yevropa Ittifoqi tashqi siyosatining birligini buzadigan xatti-harakatlari rasmiy oqibatlarga olib kelishi kerakligi haqida signal berishimiz kerak. Shuning uchun men tashqi ishlar va mudofaa vazirlarining navbatdagi yig‘ilishini Bryusselda o‘tkazishga qaror qildim», dedi Borrel Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishidan so‘ng.

Vengriya Yevropa Ittifoqining Ukrainaga yordam berish tashabbuslariga bir necha bor to‘sqinlik qilgan. Fevral oyida Vengriya tashqi ishlar vazirligi rahbari Peter Siyarto hukumat endi Yevropa tinchlik jamg‘armasi mablag‘larining ko‘payishiga veto qo‘ymasligini, lekin uning ishida ishtirok ham etmasligini aytgan edi. Ushbu jamg‘arma mablag‘lari Ukrainaga harbiy yordam uchun sarflanadi.

Yevropa tinchlik jamg‘armasi 2021 yilda «tinchlikni saqlash, mojarolarning oldini olish va xalqaro xavfsizlikni mustahkamlashga» yordam beradigan vazifalarni moliyalashtirish uchun yaratilgan. Ukrainadagi urush boshlanishidan oldin fond mablag‘lari hech qachon qurol sotib olinmagan. Biroq, 2022 yil 24 fevraldan keyin YeI ulardan Ukraina Qurolli Kuchlariga yordam jo‘natish xarajatlarini qoplash uchun foydalanishga qaror qildi.

Ko‘proq yangiliklar: