Bu kutilgan narsa edi, biroq g‘arb davlatlari tomonidan joriy etilgan sanksiyalarni sezilarli tarzda aylanib o‘tish imkonini bergan neft sektori muvaffaqiyatini takrorlash oson bo‘lmaydi, deyishmoqda ekspertlar.
2023 yilning II choragidan boshlab 50 dan ziyod gaz tashuvchi kemalar o‘z egalarini o‘zgartirib, BAAda qayddan o‘tishgan, deyiladi kemasozlik kompaniyalari va hukumatlarga maslahat beruvchi Winward kompaniyasi ma’lumotlarida. So‘nggi besh chorakdan to‘rttasida bu borada 10dan ziyod bitimlar tuzilgan, bungacha bunday bitimlar juda kamyob hodisa bo‘lgan, deb yozadi Financial Times. Kpler ma’lumotlariga ko‘ra, shunay qilib tankerlar Rossiya STGsi tashiladigan yo‘nalishlarda allaqachon ishlamoqda. Ulardan biri “Novatek”ning “Yamal STG” loyihasida gaz yuklab olgan.
Muzyorar tankerlardan to‘rttasi II chorakda bozor uchun notanish bo‘lgan Dubayning White Fox Ship Management firmasi egaligiga o‘tkazilgan. Bu firmaning hattoki o‘z ofisi ham yo‘q, deb yozadi Bloomberg kemalarning global Equasis ma’lumotlar bazasiga asoslanib. Bu tankerlar (North Air, North Mountain, North Sky i North Way) shu yilning yozida Shimoliymuz okeanidan o‘tuvchi shimoliy dengiz yo‘li bo‘ylab qatnashga ruxsat olgan. Bu yo‘l orqali “Yamal STG”dan suyultirilgan gaz tashiladi.