Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) BMT Nizomining maqsad va tamoyillariga muvofiq, barcha manfaatdor davlatlar va davlatlararo birlashmalar bilan Yevrosiyo xavfsizlik arxitekturasini shakllantirish bo‘yicha qo‘shma harakatlarga ochiq. Bu haqda KXShT bosh kotibi Imangali Tasmagambetov BMT va mintaqaviy tashkilotlar: KXShT, MDH va ShHT o‘rtasidagi hamkorlik masalalari bo‘yicha debatlar chog‘ida aytib o‘tdi.
«Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti Birlashgan Millatlar Tashkilotini o‘zining asosiy xalqaro hamkori sifatida ko‘radi. Biz doimo BMT Nizomi, ayniqsa, uning VIII bobi asosida u bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish tarafdorimiz», — dedi bosh kotib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, KXShT «zamonaviy dunyoda tanqidiy o‘zgarishlarga duchor bo‘layotgan davlatlar o‘sib borayotgan tahdidlarga yolg‘iz bardosh bera olmasligi»dan kelib chiqyapti.
«Xalqaro kun tartibidagi eng muhim masalalar bo‘yicha KXShTga a’zo davlatlarning MDH va ShHT bilan yondashuvlari mos kelishi yoki o‘xshashligi bizni ushbu tashkilotlar bilan munosabatlarni izchil rivojlantirishga yo‘naltirmoqda. Biz Shanhay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining Ostona deklaratsiyasi to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz. Unda jahon siyosati, iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar boshqa sohalarida tektonik siljishlar ro‘y berayotgani, yanada adolatli va ko‘p qutbli dunyo tartibi vujudga kelayotgani, davlatlar taraqqiyoti, o‘zaro manfaatli va teng huquqli xalqaro hamkorlikni amalga oshirish kengayayotgani aytilgan. Shu munosabat bilan biz integratsiya loyihalariga xizmat qilish va Yevrosiyoda rivojlanish markazlari o‘rtasidagi munosabatlarni uyg‘unlashtirishga mo‘ljallangan xavfsizlik, iqtisod va gumanitar sohalarda o‘zaro hamkorlikning yangi qit’a arxitekturasini shakllantirish bo‘yicha Rossiya tashabbusini qo‘llab-quvvatlaymiz», deya qayd etdi Tasmagambetov.
Uning ta’kidlashicha, KXShT Janubiy Kavkazda mustahkam tinchlikka erishish uchun sa’y-harakatlarni davom ettirmoqda. Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘oniston Markaziy Osiyo mintaqasidagi beqarorlikning asosiy manbasi bo‘lib qolmoqda.
«Mamlakatda ma’lum bir ijobiy o‘zgarishlarga qaramay, terrorizm, radikal mafkura va jinoiy giyohvand moddalar savdosining tarqalish ehtimoli nafaqat kamaymoqda, balki yangi shakllar kasb etmoqda. Biz ushbu mintaqaning tabiiy resurslari, birinchi navbatda, suv uchun raqobat belgilari bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha muammolarni qayd etamiz, bu muammoning jiddiyligiga qaramay, ushbu mas’uliyat sohasida nazoratni saqlab qolyapmiz», deb ta’kidladi bosh kotib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tashkilot keskinlikni pasaytirish va tojik-afg‘on chegarasini mustahkamlashga qaratilgan qator keng ko‘lamli amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.
«Mintaqaviy mojarolarning keskinligi pasaymayapti va xalqaro tinchlikka doimiy tahdid solmoqda. Profilaktik harakatlar va xavf-xatarni bartaraf etish uchun biz KXShT, Yevrosiyodagi mintaqaviy tashkilotlar boshqa ixtisoslashtirilgan tuzilmalari va xavfsizlik sohasida BMT tuzilmalari sa’y-harakatlarini birlashtirish orqali muhim va hali ishga solinmagan salohiyatdan foydalanishga tayyormiz», — dedi Tasmagambetov.
«KXShT BMT Nizomining maqsad va tamoyillariga muvofiq barcha manfaatdor davlatlar va davlatlararo birlashmalar bilan Yevrosiyo xavfsizlik arxitekturasini shakllantirish bo‘yicha qo‘shma harakatlarga ochiq. Jumladan, Rossiya taklifi asosida bunday arxitektura parametrlari va tamoyillarini «XXI asrda Yevrosiyo xilma-xillik va ko‘p qutblilik xartiyasi» nomi ostida birlashtiruvchi hujjatda shakllantirish bo‘yicha ishni boshlash bo‘yicha ham», deya qo‘shimcha qildi u.