Kiyev qo‘shnilaridan elektr energiyasi so‘radi

Jahon 09:57 / 22.07.2024 8268

Ukraina energetika tizimi ishlab chiqarish quvvatlarining sezilarli taqchilligiga duch kelmoqda, shu sababli Ruminiya, Slovakiya, Polsha va Vengriyadan favqulodda yordam so‘raldi. Bu haqda Ukraina Energetika vazirligi 21 iyul, yakshanba kuni o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. Ushbu mamlakatlardan kuniga 25 682 MVt/soat elektr energiyasi import qilinishi rejalashtirilgan. Vazirlik Dnipropetrovsk va Chernihiv viloyatlarida iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlashda jiddiy qiyinchiliklar kuzatilayotganini ma’lum qildi. Elektr ta’minotidagi cheklovlar asosiy sababi - Rossiyaning energiya infratuzilmasiga hujumlari. Energetika vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, jami 9 GVt (18 GVtdan) ishlab chiqarish quvvati yo‘qotilgan.

Ukrainada ko‘plab GES va IES vayron bo‘ldi 

2024 yilda Rossiyaning ommaviy havo hujumlari natijasida Dnipro GES, Kiyev viloyatidagi Tripilska IES, Xarkiv viloyatidagi Zmiyevskaya IES, Vinnitsa viloyatidagi Ladijinskaya IES va boshqalar zarar ko‘rdi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy iyun oyi o‘rtalarida mamlakatda issiqlik energiyasi ishlab chiqarishning 80 foizi va gidrogeneratsiya uchdan bir qismi yo‘q qilinganini bildirdi.

Rossiyaning o‘qqa tutishi tufayli, DiXi Group tahliliy markazi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Ukrainaga hujumi boshlanganidan beri issiqlik ishlab chiqarish (IES va IEM)da yo‘qotishlar 85 foizga yetishi mumkin. 

«Ukrenergo» rahbari Vladimir Kudritskiy iyun oyida Ukraina hech bo‘lmaganda qish boshiga qadar elektr energiyasini import qilishga majbur bo‘lishini ta’kidladi. 

20 maydan boshlab Ukrainada sanoat va maishiy iste’molchilar uchun elektr energiyasini soatlab uzish jadvali joriy etildi. Hukumat binolarida konditsionerlardan foydalanish taqiqlanadi. Ammo muhim infratuzilma obektlarini elektr energiyasi bilan ta’minlash cheklanmagan.

Ko‘proq yangiliklar: