ASUS kompaniyaning Copilot+ standartidagi birinchi kompyuteri Vivobook S 15 SI noutbukida qanday yangiliklar borligini tushuntirib berdi. U Qualcomm Snapdragon X Elite protsessori asosida yaratilgan, 3K piksellar o‘lchamiga ega OLED displey va yupqa metall korpusga ega.
ASUS bizga brendning birinchi Copilot+ kompyuteri – ilg‘or sun’iy intellektga ega Vivobook S 15 noutbuki nimalarga qodir ekanligini gapirib berdi. Kompyuter energiya tejovchi Qualcomm Snapdragon X Elite protsessoriga asoslangan bo‘lib, 3K piksellar o‘lchamiga va 120 Gs tasvirni yangilash tezligiga ega OLED displey bilan jihozlangan va yupqa metall korpusga ega bo‘lib, 18 soatgacha avtonom tarzda ishlay oladi.
Vivobook S 15 maqsadi
Yangi mahsulot sun’iy intellekt texnologiyalariga ega yangi Copilot+ PC standartidagi birinchi ASUS noutbukidir. Kompyuter Vivobook liniyasining bir qismi bo‘lib, keng foydalanuvchilar doirasiga mo‘ljallangan. S prefiksiga ega ushbu liniyadagi noutbuklar taniqli minimalistik dizaynga ega ixcham va nozik qurilmalardir. Ular zamonaviy va ayni paytda samarali yechimlarni afzal ko‘radigan foydalanuvchilar uchun juda mos keladi.
Yangi S 15 ASUS Vivobook iyerarxiyasida asosiy vazifalar uchun mos, hamyonbop Vivobook Classic va professional ijodiy vazifalar uchun mo‘ljallangan Vivobook Pro o‘rtasida joylashgan.
Zamonaviy va ixcham korpus
Vivobook S 15 (S5507QA) o‘zidan oldingi Vivobook S 15 OLED (S5506)dan dizayn va ko‘plab xususiyatlarni meros qilib oladi, lekin yangi Qualcomm apparat platformasiga asoslangan. Shu bilan birga, yangi mahsulot oddiy 14 dyuymli noutbuklar kabi qalinligi 14,7 mm va og‘irligi atigi 1,42 kg bo‘lgan to‘liq metall korpusga ega. Kichik qalinligiga qaramay, noutbukda USB-A portlari, to‘liq o‘lchamli HDMI ulagichi va quvvat hamda displeyni qo‘llab-quvvatlaydigan ikkita Thunderbolt 4/USB Type-C, shuningdek, microSD karta uyasi mavjud.
Yangi mahsulot sozlanishi mumkin bo‘lgan rangli fon yoritgichli ASUS ErgoSense klaviaturasiga ega bo‘ldi, bu foydalanuvchiga kompyuterga individual uslub berishga yordam beradi. Klaviatura ranglarini hatto ish stoli fon rasmi rangiga moslashtirish mumkin. Vivobook S 15 klaviatura tugmalariga har qanday yorug‘lik sharoitida qulay matn terish va harakat tezligini oshirish (1,35 mm) maqsadida qavariq shakl berilgan.
Yuqori darajadagi avtonomiya
Qalinligi kichik, ya’ni 14,7 mm bo‘lsa-da, Vivobook S 15 yuqori darajadagi avtonomiyaga ega va 18 soatgacha ishlashi mumkin. Ichida 70 Vt quvvatga ega akkumulyator o‘rnatilgan bo‘lib, uning ishlash muddati 20% ga oshirildi – u 1200 martagacha to‘liq zaryadlash va quvvatsizlanish sikligacha yetadi. Shuningdek, USB-C orqali 49 daqiqada 0 dan 60% gacha tezlashtirilgan zaryadlash imkoniyatiga ega.
Qoyilmaqom ASUS Lumina OLED displeyi
Vivobook S 15 noutbuki 3K piksellar miqdoriga ega 15 dyuymli OLED displey tufayli foydalanuvchiga yorqin va juda tiniq tasvirni taqdim etadi. 120 Gs yuqori tasvir chastotasi kontentning silliq ko‘rinishi va ilovalarning tez ochilishi uchun javob beradi. Tasvirlar va videolar bilan professional darajada ishlash uchun noutbukda Pantone rang aniqligini tekshirish va sRGBʼdan DCI-P3'gacha bo‘lgan displey rang maydonlarini tanlash imkoniyati mavjud.
ASUS OLED ekranidagi tasvir realistik ko‘rinadi va kinematik rang gammasi tufayli barcha soyalar an’anaviy displeylarga qaraganda to‘yinganroq bo‘ladi, bu DCI-P3 maydonining 100 foizini tashkil qiladi. Ya’ni, noutbuk nafaqat foto va video materiallarga professional ishlov berish, balki har qanday multimedia kontentini ko‘rsatish uchun ham mos keladi.
Energiya tejovchi quvvat
Noutbuk ichidagi Qualcomm Snapdragon X Elite protsessori 45 Vt quvvatga ega termopaketga va sekundiga 75 trillion operatsiyani (TOPS) tashkil etadigan umumiy SI ko‘rsatkichiga ega. O‘rnatilgan Qualcomm AI Engine neyroprotsessori esa uchinchi tomon xizmatlariga ma’lumotlarni jo‘natmasdan, 45 TOPS'ni SI algoritmlarini mahalliy darajada tez va samarali hisoblash uchun generatsiya qiladi.
Snapdragon X Elite bilan birgalikda yangi Vivobook S 15 smartfon foydalanuvchilariga tanish bo‘lgan Arm platformasining asosiy afzalliklarini o‘z ichiga oladi. Masalan, kutish rejimidan darhol uyg‘onish va batareyaning ishlash muddatini oshirish funksiyalari mavjud. Arm protsessorlarida ishlash uchun optimallashtirilgan yuzlab mashhur ilovalar allaqachon foydalanuvchilar uchun o‘rnatilgan.
Vivobook S 15 ichidagi komponentlar noutbuk egasiga yuqori tezlikda ishlashni ta’minlash uchun birgalikda ishlaydi. Noutbuk bilan ishlash qulayligi uchun 16 yoki 32 GB sig‘imga ega yuqori tezlikdagi ikki kanalli LPDDR5X-8448 operativ xotirasi o‘rnatilgan. M.2 formatidagi 1 TB gacha sig‘imga ega SSD PCIe qattiq diski esa barcha kerakli ma’lumotlarni bir joyda saqlashga yordam beradi.
Copilot+ asosidagi noutbukning SI funksiyalari
Vivobook S 15 ASUS kompaniyasining yangi Copilot+ standartiga ega birinchi shaxsiy kompyuteridir. Noutbuk sun’iy intellekt bilan qulay o‘zaro ishlash uchun uchta asosiy komponentlar to‘plamini oldi – ulanilgan AI tezlatkichi, Windows operatsion tizimi darajasida sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlash tizimi va sun’iy intellektga asoslangan ASUS ilovalari.
Vivobook S 15 klaviaturasida Microsoft SI yordamchisiga tezkor kirish uchun maxsus Copilot tugmasi mavjud. Yordamchi savollarga javob berishi, ma’lumot topishda yordamlashishi va ijodiy loyihalar uchun ilhomlantirishi mumkin. Sun’iy intellekt algoritmlari, shuningdek, uchinchi tomon ishlab chiquvchilarining Windows ilovalari va dasturlarida ishlashni tezlashtiradi va osonlashtiradi.
Copilot yordamida siz noutbuk ekranidagi kontentni turli tillardan bir vaqtda tarjima qilish funsiyasini yoqishingiz, chizmachilik yordamchisini ishga tushirishingiz va Auto SR o‘yinlarda o‘ta aniqlik funksiyalarini ishga tushirishingiz mumkin. Shuningdek, sun’iy intellekt funksiyalari videoqo‘ng‘iroqlar paytida tasvirni yaxshilaydi, suhbatdoshning nigohini aniqlaydi, ev.n tasvirlardagi shovqinlarni olib tashlaydi va fon qo‘shadi.
Vivobook S 15 OLED'ni O‘zbekistondagi elektronika do‘konlarida, shuningdek, ASUS rasmiy hamkori: nout.uz'dan xarid qilish mumkin.
Reklama huquqlari asosida