Ukrainalik siyosatchi Irina Farion suiqasddan so‘ng vafot etdi

Jahon 08:53 / 20.07.2024 7535

Oliy rada sobiq deputati, Ukrainada rus tiliga qarshi bo‘lgan Irina Farion 19 iyul, juma kuni kechqurun Lvivda, Masarik ko‘chasidagi uyi yonida hujumga uchradi. Noma’lum shaxs uning boshiga o‘q uzgan. Farion bosh qismidagi o‘qdan jarohat olgan holda og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan. Operatsiyadan keyin u og‘ir ahvolda, chuqur miya komasida bo‘lgan va ko‘p o‘tmay vafot etgan. «Shifokorlarning barcha sa’y-harakatlariga qaramay, Irina Farionni saqlab qolishning iloji bo‘lmadi», dedi Lviv viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Maksim Kozitskiy.

Suiqasd haqida birinchi bo‘lib Lviv shahar kengashi deputati Igor Zinkevich va lvivlik jurnalist Marta Oliyarnik xabar berishdi. «Bosh qismiga otilgan, o‘q otgan shaxsni qo‘shnilar ko‘rgan, u qo‘lqop kiygan, qurol esa ovoz chiqarmaydigan moslama bilan jihozlangan bo‘lgan», — deb yozadi Oliyarnik Facebook’da. Lviv matbuotiga ko‘ra, ikki hafta davomida Farion yashovchi ko‘p qavatli uy kirish qismida taxminan 20 yoshli yigitni ko‘p ko‘rishgan.

Politsiya hujumchini qidirishda davom etmoqda. Farionning o‘limidan so‘ng, Milliy politsiya jinoyatni Ukraina Jinoyat kodeksining 115-moddasi 1-qismi sifatida qayta tasnifladi - qasddan odam o‘ldirish. Ish dastlab qotillikka urinish sifatida tergov qilingan. 

Ukraina va Lviv rasmiylari qotillikka aloqadorlarni topishga chaqirilmoqda 

«Fojia» - Lviv meri Andrey Sadovoy shunday reaksiya bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shifokorlar qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishgan, ammo jarohat juda og‘ir bo‘lgan. Shahar hokimi Irina Farionning oila a’zolariga hamda tanigan barchaga hamdardlik bildirdi. «Men har doim Ukrainada endi xavfsiz joy qolmaganini aytaman. Ammo bugungi qotillik kutilmagan bo‘ldi. Qotilni topish kerak!» - deb yozdi Sadovoy Telegram-kanalida va huquqni muhokama qilish organlariga ishi uchun minnatdorlik bildirdi.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy jinoyat tafsilotlarini aniqlash uchun Milliy politsiya va «SBU» barcha zarur kuchlari jalb etilganini aytdi. «Shubhasiz, har qanday zo‘ravonlik faqat qoralashga loyiq va hujumda ishtirok etgan har bir shaxs to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi kerak», — dedi Zelenskiy.

Irina Farion Ukrainada rus tiliga qarshi kurashgan

60 yoshli Irina Farion - filolog va tilshunos, 2012-2014 yillarda u Ukraina Oliy radasi deputati va «Ozodlik» Umumukraina uyushmasining a’zosi bo‘lgan. U Ukrainada rus tiliga nisbatan qattiq pozitsiyasi bilan tanilgan, siyosatchi uni qo‘llashni butunlay rad etish tarafdori edi.

Rossiyada Farionga qarshi 2015 yilda Ukrainadagi ruslarga qarshi repressiya chaqiriqlari tufayli nafrat qo‘zg‘atish va inson qadr-qimmatini kamsitish moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochilgan. 2023 yil noyabr oyida «SBU» unga nisbatan jinoiy ish ochdi, chunki u Ukraina Qurolli kuchlarining rus tilini biladigan a’zolarini ukrainalik deb hisoblamasligini aytgan. 

Ko‘proq yangiliklar: