Rossiya va Shimoliy Koreya harbiy sohada hamkorlik zarurligini tasdiqladi

Jahon 15:02 / 20.07.2024 5625

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Pxenyanda Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Aleksey Krivoruchko boshchiligidagi harbiy delegatsiyani qabul qildi.

Shimoliy Koreya axborot agentligi (ShKAA) xabariga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida Kim Chen In va Krivoruchko o‘zaro xavfsizlik manfaatlarini himoya qilish uchun Shimoliy Koreya va Rossiya o‘rtasidagi harbiy hamkorlikning ahamiyati hamda zarurligini ta’kidlagan.

Uchrashuv Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Shimoliy Koreyaga yaqindagi tashrifi ortidan bo‘lib o‘tdi. 

Kimning aytishicha, ikki davlat harbiylari munosabatlarni yaxshilash uchun «yaqinroq birga bo‘lishlari» kerak. 

Putinning KXDRga tashrifi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 19 iyun kuni KXDRga rasmiy tashrif bilan bordi. Tashrif natijasida Moskva va Pxenyan o‘rtasida har tomonlama hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi.

Rossiya davlati rahbari Rossiya Federatsiyasi va KXDR o‘rtasida imzolangan har tomonlama strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitim ishtirokchilardan biriga tajovuz sodir bo‘lgan taqdirda o‘zaro yordam ko‘rsatishni nazarda tutishini aytdi, biroq ayni paytda ittifoq so‘zini ishlatishdan tiyildi.

O‘z navbatida, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In shartnomani «pakt» deb atadi va ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar yangi davrga kirayotganini ta’kidladi.

Ko‘proq yangiliklar: