Rossiya Mudofaa vazirligi: bir kechada 27 ta UUA yo‘q qilindi va tutib olindi

Jahon 12:40 / 20.07.2024 4799

O‘tgan kechada Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari ikki hududda 27 ta samolyot tipidagi uchuvchisiz uchish apparatlari (UUA)ni yo‘q qildi va tutib oldi. Bu haqda 20 iyul, shanba kuni Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi

«Navbatchi havo hujumidan mudofaa tizimlari Rostov viloyati hududida yigirma oltita UUAni, Smolensk viloyati hududida esa bitta UUAni yo‘q qildi va tutib oldi», — deyiladi xabarda. 

Smolensk viloyati gubernatori Vasiliy Anoxinning ma’lum qilishicha, UUA ertalab Smolensk tumanida havo hujumidan mudofaa va radioelektron kurash kuchlari tomonidan urib tushirilgan. «Qulagan parchalar oqibatida yerda qurbonlar va vayronalar yo‘q», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda.

O‘z navbatida, Rostov viloyati gubernatori Vasiliy Golubev 26 ta UUA tutib olinganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q.

Ko‘proq yangiliklar: