Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Bunday masalalar bilan shug‘ullanadigan aql markazlari bo‘lishi kerak” - Abdurahmon Tashanov oiladagi zo‘ravonliklar haqida
O‘zini va farzandlarini 9-qavatdan tashlash, eriga achchiq qilib farzandlarini kaltaklash kabi holatlar aql markazlari tomonidan har tomonlama tahlil qilinishi, zo‘ravonlik bilan bog‘liq ijtimoiy holat va depressiv kayfiyat darajasiga baho berilishi kerak. Mavjud sotsiologik markazlar faqat saylovlardan oldin ko‘zga tashlanyapti xolos, deydi inson huquqlari faoli Abdurahmon Tashanov.

Foto: Kun.uz
Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov Kun.uz muxbiri bilan jamiyatdagi zo‘ravonlik holatlari, o‘lim jazosi muhokamalari xususida o‘tgan suhbatda ayni fikrlarni bildirdi.
“Nega bizda ilmiy tadqiqot institutlari yo‘q, sotsiologlar vaziyatni o‘rganmaydi? Ko‘pchilik televideniyedagi seriallarni yomonlaydi, lekin mana shu seriallar ham hayotdan olinadi-ku. Bu bir-birini taqozo qiladigan muammo, hayotning aksi televideniyeda ko‘rinadi, televideniyedagi narsa hayotga ko‘chadi.
Bunday vaziyatda eng katta mas’uliyat davlatga tushadi. Davlat aql markazlariga pul sarflashi kerak. Masalan, AQShda Karnegi instituti kabi juda katta pullar sarflanadigan aql markazlari bor. Yoki Yevropada ham qanday aql markazlari bor? Nima uchun bizning “Ijtimoiy fikr” degan markazlarimiz faqat davlatning buyurtmalariga ishlaydi? Shu paytgacha jamiyatdagi depression vaziyatni ko‘rsatuvchi biror mustaqil tashkilotni ko‘rmadik”, – deydi u.
Muhokamada qatnashgan O‘zJOKU rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja ham Tashanovning fikrlarini qo‘llab-quvvatladi.
“Bu jiddiy-jiddiy institutlar, jiddiy-jiddiy aql markazlari ishlaydigan mavzu. Bu hashaki mavzu emas, ma’lum tashkilotlar bu borada ishlashi kerak”, – dedi Qudratxo‘ja.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi
Jamiyat | 00:31
-
OpenAI sun’iy intellekt asosidagi brauzerini ishga tushiradi
Fan-texnika | 00:11
-
Yevrokomissiya migrantlar oqimi sabab Afrikaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin
Jahon | 23:41 / 09.07.2025
-
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”
Jahon | 23:17 / 09.07.2025
Mavzuga oid

15:09 / 08.07.2025
Olti oyda bolalarga nisbatan 60 ta zo‘ravonlik holati aniqlandi

10:23 / 20.06.2025
XMT: Haitida 1,3 mlnga yaqin kishi to‘dalar zo‘ravonligi tufayli uyini tark etdi

08:50 / 21.05.2025
4 oyda zo‘ravonlikka uchragan 2 mingdan ortiq xotin-qizga yordam ko‘rsatildi

18:08 / 10.05.2025