Qo‘shma Shtatlar 2023 yil sentabr holatiga ko‘ra strategik kuchlar uchun mo‘ljallangan 3748 ta yadro kallaklariga ega edi, deb xabar berdi Milliy Yadro xavfsizligi agentligi (NNSA).
Qo‘shma Shtatlar oxirgi marta bunday ma’lumotni 2021 yil oktyabr oyida e’lon qilgan, shundan so‘ng uning yadroviy arsenalining miqdoriy tarkibi haqidagi ma’lumotlar oshkor etilmagan.
Bu raqam 1967 moliyaviy yil oxiridagi 31255 ta jangovar kallaklar zaxirasining 88 foizga kamayganini va 1989 yil oxirida Berlin devori qulagan paytdagi 22217 ta kallakning 83 foizga kamayganini anglatadi.
Amerika olimlari federatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda Qo‘shma Shtatlarning yadro kallaklari soni 3708 tani tashkil qiladi.
NNSA ma’lumotlariga ko‘ra, 1994 yildan 2023 yilgacha bo‘lgan davrda Qo‘shma Shtatlar 12 088 ta yadro kallaklarini demontaj qilgan. Taxminan 2 mingta yadro kallagi hozir Qurolli kuchlar tarkibidan chiqarilgan va demontajni kutmoqda.
Shu bilan birga, 1991 yil 30 sentabrdan beri AQSh strategik bo‘lmagan (taktik) yadro qurollari soni 90 foizdan ko‘proqqa kamaydi.