1,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan qurilish sexi aniqlandi

O‘zbekiston 07:11 / 20.07.2024 1826

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, “B.D.” MChJ rahbari R.K. jamiyatga qarashli qurilish materiallarini ishlab chiqarish sexidagi gaz qurilmalarini o‘zboshimchalik bilan yer ostidan o‘tgan o‘rta bosimli gaz quvuriga yashirish ravishda ulagan.

Qayd etilishicha, oqibatda 1 mlrd 354 mln so‘mlik 902,6 ming kub metr tabiiy gaz o‘g‘irlangan.

Mazkur holat yuzasidan “B.D.” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan JKning 169-moddasi (o‘g‘rilik), 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.

Ko‘proq yangiliklar: