Zelenskiy: Dunyo Rossiyani muzokaralar stoliga o‘tkazish uchun bosim ko‘rsatishi kerak

Jahon 15:50 / 19.07.2024 5929

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiyani muzokaralar stoliga o‘tkazish uchun butun dunyo unga bosim ko‘rsatishi kerakligini aytdi, deb yozadi «Ukrinform».

«Bu barcha hududlar kuch bilan bosib olinadi, degani emas. Menimcha, diplomatiyaning kuchi yordam berishi mumkin», — dedi Zelenskiy VVS bilan suhbatda. 

Zelenskiyning fikricha, «jang maydonida kuchsizroq Rossiya Ukrainaning muzokaralar stolidagi pozitsiyasini mustahkamlaydi». 

«Rossiyaga bosim o‘tkazish orqali diplomatik yo‘l bilan muzokaralar olib borish mumkin, deb o‘ylayman», - dedi u. 

Ukraina davlati rahbari, shuningdek, G‘arb davlatlari va’da qilgan F-16 qiruvchi samolyotlari haligacha Ukrainaga yetib kelmaganini aytdi.

«18 oy o‘tdi, samolyotlar esa hali bizga yetib kelmadi», dedi u va Ukrainaga topshirib bo‘lingan narsalar uchun minnatdorchilik bildirdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, ukrainaliklarga «Rossiya havodagi hukmronligini yengish va osmonni to‘sishda» yordam berish uchun yangi qiruvchilar kerak. 

Ko‘proq yangiliklar: