Qirg‘iziston fuqarolari Qozog‘istonda belgilangan vaqtdan ko‘proq qolishi mumkin bo‘ladi

Jahon 14:04 / 19.07.2024 2934

Qozog‘iston bosh vaziri Oljas Bektenov Qirg‘iziston fuqarolarining mamlakatda uzoqroq bo‘lishini ko‘zda tutuvchi farmonni imzoladi, deya xabar bermoqda Kazinform. 

Xususan, Qozog‘iston bosh vaziri muhojirlarning respublikaga kirishi va bo‘lishi qoidalaridagi bandlardan birini to‘xtatuvchi hukumat qarorini imzoladi. Gap Qozog‘istonda bo‘lishning ruxsat etilgan muddatidan oshib ketishni belgilaydigan oltinchi xatboshi 16-bandi haqida ketyapti. Shu tariqa, qoidalarga ko‘ra, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) fuqarolari chegarani kesib o‘tgan paytdan boshlab va 180 kunlik muddat ichida 90 kalendar kungacha mamlakatda bo‘lishlari mumkin. 

Biroq hukumat qarori bu bandni vaqtinchalik bekor qilib, Qirg‘iziston fuqarolariga belgilangan muddat tugaganidan keyin ham Qozog‘istonga kelishiga ruxsat beradi. Hujjat rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab o‘n kalendar kun o‘tgach – 2024 yil 29 iyuldan kuchga kiradi. 

Ko‘proq yangiliklar: