Haagada bo‘lib o‘tgan sud majlisida Isroil G‘azo sektoridagi okkupatsiya bilan shug‘ullanayotgan davlat, deb tan olindi.
Bu haqda BMT Xalqaro sudining okkupatsiya qilingan Falastin hududlarida Isroilning xatti-harakatlari huquqi oqibatlari to‘g‘risida maslahatlashuv xulosasini e’lon qilish uchun chaqirilgan sud majlisida e’lon qilindi.
BMT Xalqaro sudi Isroilni Falastin yerlarini okkupatsiya qilishni zudlik bilan bas qilishga chaqirdi.
Xalqaro sudda qayd etilishicha, Falastin yerlari bo‘laklangan alohida hududlar emas, yagona hududiy birlik hisoblanadi.
Xalqaro sudga ko‘ra, Isroil shuningdek Sharqiy Quddus va O‘rdun daryosining g‘arbiy sohilida ham okkupant hisoblanadi.
Qayd etilishicha, Isroil tomonidan okkupatsiya qilingan Falastin yerlaridagi tabiiy resurslardan foydalanish xalqaro huquqqa zid.
Xalqaro suddagilarga ko‘ra, Isroilning okkupatsiya qilingan hududlarda manzilgohlar barpo etish siyosati Jyeneva konvensiyasi moddalariga zid.
Isroilning o‘zi okkupatsiya qilgan hududlardagi xatti-harakatlari uning ushbu hududlarda doimiy asosda qolish niyatidan dalolat beradi.
Xalqaro sudda Isroil okkupatsiya qilingan Falastin hududlari ustidan suverenitetga ega emasligiga urg‘u berildi. Suddagilar barcha davlatlar Isroilning okkupatsiya qilingan Falastin hududlarida mavjud bo‘lib turishini tan olmasligi va bu mavjudlikka yordam bermasligi kerakligini ta’kidladi.
Shuningdek, BMT Xalqaro sudi Isroildan okkupatsiya qilingan Falastin yerlarida o‘zining «adolatsiz harakatlari» tufayli yetkazilgan barcha zararni qoplab berishni talab qildi.