Shu yilning o‘zida kompaniya Xorazm viloyatida 20 ta hududda 60 ta yangi baza stansiyalarini ishga tushirdi: 12 ta yangi baza stansiyalari Xiva shahrida va 48 tasi Xorazm viloyatining Bog‘ot, Gurlan, Qo‘shko‘pir, Urganch, Hazorasp, Xonqa, Xiva, Shovot, Yangiariq, Yangibozor tumanlarida o‘rnatildi.
Yangilarini o‘rnatish bilan bir qatorda, digital-operator 26 ta hududda 66 ta mavjud baza stansiyalarini modernizatsiya qildi. Ulardan 61 tasi Urganch shahrida, 5 tasi esa Xiva shahrida joylashgan. Ushbu sa’y-harakatlar natijasida viloyat bo‘yicha internet tezligi yil boshidan buyon 44 foizga, VoLTE trafigi esa 8 barobarga oshib, kuniga 8 ming Erl’ni tashkil etdi.
Baza stansiyalardan tashqari, Xorazmda ma’lumotlarni uzatish uchun foydalaniladigan radiorele liniyalari modernizatsiya qilindi, ular endi yanada zamonaviy va tezkor EBand texnologiyasi asosida ishlaydi. Modernizatsiya 13 ta RRL oraliqlarini yangilash va 29 ta yangilarini qurishni o‘z ichiga oldi, bu esa o‘tkazuvchanlik qobiliyatini sezilarli darajada oshirdi va mavjud infratuzilmani bo‘shatdi, ma’lumotlarni yanada barqaror uzatish va qabul qilishni ta’minladi.
Aloqa va internet sifatini yaxshilash uchun radiotarmoq optimallashtirildi, bu xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, shuningdek abonentlardan kelib tushgan shikoyatlarni bartaraf etish imkonini berdi. Xiva shahridagi markaziy bozor va Ichan Qal’a majmuasi kabi mahalliy aholi va sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan joylardagi baza stansiyalarida tarmoq sifatini sezilarli darajada yaxshilash va internet tezligini oshirish imkonini beruvchi 32x32 MIMO texnologiyasi joriy etildi.
Tarmoqni kengaytirishda barcha ijtimoiy va ekologik jihatlar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik qo‘mitasi normalari va talablariga amal qilindi.
«Yangi stansiyalarning ishga tushirilishi va mavjud baza stansiyalarining modernizatsiya qilinishi Xorazmda internet tezligi va aloqa sifatining o‘sishini ta’minlaydi. Ta’kidlash joizki, yangilanishlar Xiva va Ichan Qal’a majmuasi kabi sayyohlar orasida mashhur joylarga ta’sir o‘tkazdi. Bizning mijozlarimiz doimo aloqada bo‘lishi uchun infratuzilmaga sarmoya kiritishda davom etamiz», — deya ta’kidladi Beeline Uzbekistan G‘arbiy mintaqaviy filiali direktori Aybek Uzakov.
Beeline Uzbekistan yangi baza stansiyalari o‘rnatilgan manzillarning batafsil ro‘yxati bilan kompaniya saytida tanishish mumkin.
***
Unitel MChJ 2006 yilning 12 sentabridan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.
VEON 6 mamlakatda 160 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.
Beeline Uzbekistan'da 1,9 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Unitel MChJ — O‘zbekistonning yirik soliq to‘lovchi kompaniyalaridan biri. Beeline SB'ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.
Sayt: beeline.uz
Facebook: @beeline.uz
Instagram: @beeline_uzbekistan
Telegram: @beelineuzbekistan
Twitter: @beeline_uz
LinkedIn: @beeline-uzbekistan
Reklama