Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Germaniya Mehnat va ijtimoiy masalalar vazirligi parlament davlat kotibi Anette Kramme bilan uchrashdi.
Parlament yuqori palatasi ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikka oid keng ko‘lamli masalalar, jumladan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada mustahkamlash va parlamentlararo aloqalarni rivojlantirishga doir masalalar muhokama qilindi.
Muloqot davomida ikki mamlakat o‘rtasida migratsiya va mobillik bo‘yicha hukumatlararo bitimning ahamiyati muhokama qilindi. Tovarlarni barqaror yetkazib berish zanjirini yo‘lga qo‘yishga e’tibor qaratildi. Mehnat va bandlik sohasida hamkorlik yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga kelishib olindi.