Trampga suiqasdning vizualizatsiyasi namoyish etildi

Jahon 20:33 / 17.07.2024 7398

Donald Trampning boshi va unga uzilgan o‘qlarning harakat yo‘nalishi modeli suiqasd paytida sobiq prezident xavf-xatarga qanchalik yaqin bo‘lganini ko‘rsatdi.

O‘q uzilgan paytda Tramp katta ekranda namoyish etilayotgan noqonuniy immigratsiya statistikasini ko‘rish uchun boshini burdi. Shunda o‘q uning qulog‘ini «yalab o‘tdi».

Donald Trampga suiqasd 13 iyul kuni Pensilvaniyadagi saylovoldi tashviqoti paytida sodir bo‘ldi. O‘q siyosatchi o‘ng qulog‘ining yuqori qismiga jarohat yetkazgan.

Suiqasd oqibatida miting ishtirokchilaridan biri halok bo‘ldi, ikki nafari og‘ir yaralandi. Hujumchi, 20 yoshli Tomas Metyu Kruks sahna tomon o‘q uzganidan keyin Maxfiy xizmat xodimlari tomonidan otib o‘ldirildi.

Ko‘proq yangiliklar: