Shavkat Mirziyoyev Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyonni saylovdagi g‘alaba bilan tabrikladi

Jahon 23:39 / 17.07.2024 4349

Prezident Shavkat Mirziyoyev 17 iyul kuni Eron Islom Respublikasining yangi saylangan prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlat rahbari Mas’ud Pezeshkiyonni prezident saylovidagi g‘alabasi bilan samimiy qutlab, mas’uliyatli davlat lavozimida katta muvaffaqiyatlar tiladi.

O‘zbekiston-Eron munosabatlarini yanada rivojlantirish, savdo, investitsiya va transport sohalaridagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Keyingi yillarda tovar ayirboshlash va yuk tashish hajmi, qo‘shma loyiha va korxonalar, aviaqatnovlar soni ortib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Avval erishilgan oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Energetika, kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish muhimligi qayd etildi.

Mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Ko‘proq yangiliklar: