Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Botir Zokirov qurilish vaziri lavozimidan ketdi

Foto: Kun.uz
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Botir Zokirov sog‘ligi tufayli lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlari bo‘yicha videoselektorda ma’lum qilindi.
Vazirning birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov vazir vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Yig‘ilish kun tartibidagi navbatdagi masala – qurilish va transport kompleksidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Qurilish sohasi yarim yilda 10 foizga o‘sib, 80 trillion so‘mga yetdi. Shunday bo‘lsa-da, xotirjamlikka berilmay, qurilishda tannarxni pasaytirish bo‘yicha jiddiy shug‘ullanadigan vaqt kelgani ta’kidlandi.
Qurilish tannarxi faqat yer va qurilish materiallariga bog‘liq emasligi, texnik talablarni moslashtirish, loyihani kelishish, qurilishga ruxsat olishdagi murakkab tartibotlar ham tannarxga ta’sir qilishi qayd etildi.
Bu boradagi jarayonlar takomillashtirilib, tadbirkorlar uchun sharoitlar yaxshilansa, qurilish materiallari, eltexsanoat, ipoteka xizmatlari kabi yondosh sohalar rivojlanishiga katta turtki bo‘ladi.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Botir Zokirov sog‘ligi tufayli lavozimidan ozod etildi, vazirning birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov vazir vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Ma’lumot uchun, Botir Zokirov 2018 yil aprelidan qurilish vaziri birinchi o‘rinbosari bo‘lgan, 2019 yil sentabrida rasman qurilish vaziriga aylangandi.
Sherzod Hidoyatov 2021 yil yanvarida uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri etib tayinlangan, 2023 yil yanvarida ushbu vazirlik qurilish vazirligiga qo‘shilgach, vazirning birinchi o‘rinbosari bo‘lib qolgandi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Barak Obamani davlatga xiyonatda aybladi
Jahon | 07:29
-
AQSh Isroil - HAMAS muzokaralaridan chiqdi
Jahon | 00:46
-
Sun’iy intellekt olimlarga Qadimgi Rim tarixidagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam beradi
Fan-texnika | 23:45 / 24.07.2025
-
Zalujniy Rossiyaga qarshi urush 2034 yilgacha davom etishini bashorat qildi
Jahon | 22:53 / 24.07.2025
Mavzuga oid

16:48 / 31.01.2025
O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasiga yangi rais saylandi

18:30 / 07.10.2024
Qurilish sohasida aholi noroziligiga sabab bo‘layotgan holatlar haqida ma’lumot berildi

18:00 / 17.07.2024
«Trest 12»ga tendersiz loyihalar, bajarilmagan va’da va “yengilmagan” korrupsiya – Botir Zokirovning 5 yili

15:28 / 16.05.2024