O‘zbekiston Qirg‘izistonga insonparvarlik yordami yubormoqda
Xo‘jaobod tumanidagi “Do‘stlik” chegara bojxona postida o‘nlab yuk mashinalari saf tortgan.

Foto: Andijon viloyati hokimligi
O‘zbekiston prezidenti nomidan O‘zbekiston xalqidan Qirg‘iziston xalqiga insonparvarlik yordamlari yuborilmoqda.
Andijon viloyati hokimligi xabariga ko‘ra, ayni daqiqalarda Xo‘jaobod tumanidagi “Do‘stlik” chegara bojxona postida o‘nlab yuk mashinalari saf tortgan.
Andijon viloyati hokimi va qator mutasaddilar ishtirokida insonparvarlik karvoni Qirg‘iziston tomon jo‘nab ketish arafasida.
Ma’lumot uchun, 2024 yil 14 iyul kuni Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida tog‘ va adirliklarida kuzatilgan jala yomg‘irlar yog‘ishi oqibatida kuchli sel kuzatildi.
Mavzuga oid

20:37 / 10.03.2025
Yevropa Ittifoqi Tojikistonga chegara xavfsizligini yaxshilashga yordamlashadi

16:57 / 10.03.2025
Qirg‘izistonda Botkendan Qo‘qongacha temiryo‘l qurilishi mumkin

16:59 / 06.03.2025
Shavkat Mirziyoyev 6 ta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi

11:29 / 26.02.2025