Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida Gentra’ga urilgan Damas ag‘darilib ketdi
Foto: Toshkent viloyati YHXB
Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida Gentra’ga urilgan Damas ag‘darilib ketdi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.
Holat 13 iyul kuni soat taxminan 14:30 larda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatdagi M-34 avtomobil yo‘lining 23-kilometrida sodir bo‘lgan.
Yangiyo‘l—Toshkent yo‘nalishida haydovchi 1989 yilda tug‘ilgan X.Sh. Damas’ni boshqarib ketayotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda bo‘lgan, 1990 yilda tug‘ilgan M.I. boshqaruvidagi Gentra’ning orqa qismiga borib urilishi natijasida ag‘darilib ketgan.
Ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida Damas’ning bir nafar yo‘lovchisiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Og‘ir tan jarohati olganlar yo‘q.
Hozirda holat yuzasidan Yangiyo‘l tumani Ichki ishlar boshqarmasi YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:40
Samarqandda Damas-2 va Onix to‘qnashuvi oqibatida bir kishi vafot etdi
11:21 / 11.11.2025
Yunusobodda Spark daraxtga borib urildi: haydovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi
18:09 / 10.11.2025
“Parkovka”dagi mashinangizga shikast yetgan bo‘lsa nima qilish kerak?
19:17 / 07.11.2025