Yangi joyga ko‘chgan fuqarolar o‘sha joydagi tibbiyot muassasalariga onlayn hisobga qo‘yiladi

O‘zbekiston 23:49 / 13.07.2024 2928

Fuqarolarni davlat tibbiyot muassasalariga hisobga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Loyihada:

  • jismoniy shaxsning doimiy yashash yoki vaqtinchalik turgan manzili o‘zgarganda ixtiyoriy ravishda yangi manzildagi davlat tibbiyot muassasalariga kompozit shaklda (bitta murojaat asosida) hisobga qo‘yish;
  • davlat tibbiyot muassasalariga hisobga qo‘yilganligi haqida ma’lumotnoma taqdim etish;
  • davlat xizmatidan foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish tartiblari belgilanmoqda.

Sog‘liqni saqlash va Raqamli texnologiyalar vazirliklari bu davlat xizmatini 2025 yil 1 yanvarga qadar yo‘lga qo‘yishi kerak bo‘ladi.

Avvalroq, sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudoyorov elektron poliklinika va elektron retsept tizimlari 2024 yil oxirigacha to‘liq yo‘lga qo‘yilishini aytgandi.

Ko‘proq yangiliklar: