Makedonskiy davriga oid qadimiy tangani O‘zbekistondan yashirincha olib ketishga uringan xitoylik qo‘lga olindi

O‘zbekiston 11:42 / 13.07.2024 4327

Xitoy fuqarosi Makedonskiy davriga oid tangani O‘zbekistondan yashirincha olib ketmoqchi bo‘ldi. Bu haqda «Toshkent—AERO» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi axborot xizmati xabar berdi.

Holat Toshkent xalqaro aeroportida 12 iyul kuni soat 01:05 larda sodir bo‘lgan. Chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan «Toshkent—Urumchi» yo‘nalishi bo‘yicha uchib ketayotgan Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi S. J. ga tegishli yo‘l sumkalari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.

Yo‘lovchining sumkasida bojxona nazoratiga taqdim etilmagan, jami 1 dona miloddan avvalgi taxminan III asrda zarb qilingan Makedonskiy surati tushirilgan oq rangli metalldan yasalgan qadimiy tanga borligi aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: