Dam olish kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekiston 10:00 / 13.07.2024 2683

Toshkent shahri. Havo biroz bulutli, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-13 m/s.gacha kuchayishi ehtimoli bor. Harorat kechasi +20...+22 daraja, kunduzi +32...+34 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s, ayrim hududlarda 18/23 m/s.gacha kuchayishi, chang-to‘zon bo‘lish ehtimoli bor. Harorat kechasi +18...+23 daraja, kunduzi +29...+34 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s, ayrim hududlarda 18/23 m/s.gacha kuchayishi, chang-to‘zon bo‘lish mumkin. Harorat kechasi +18...+23 daraja, kunduzi +31...+36 daraja bo‘ladi.

Toshkent va Sirdaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s, ayrim hududlarda 18/23 m/s.gacha kuchayishi, chang-to‘zon bo‘lish ehtimoli bor. Harorat kechasi +18...+23 daraja, kunduzi +30...+35 daraja bo‘ladi.

Jizzax va Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s, ayrim hududlarda 18/23 m/s.gacha kuchayishi, chang-to‘zon bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi +18...+23 daraja, kunduzi +30...+35 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s, ayrim hududlarda 18/23 m/s.gacha kuchayishi, chang-to‘zon bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +32...+37 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s.gacha kuchayishi ehtimoli bor. Harorat kechasi +19...+24 daraja, kunduzi +30...+35 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s.gacha kuchayishi ehtimoli bor. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +20...+25 daraja bo‘ladi.  

Ko‘proq yangiliklar: