Ikkinchi mutaxassislik uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

O‘zbekiston 12:13 / 11.07.2024 20802

2024/2025 o‘quv yilida ikkinchi va undan keyingi ta’lim uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish boshlanadi, Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi. Talabgorlar my.edu.uz orqali joriy yilning 10 avgustigacha hujjat topshirishlari mumkin.

Nomzodlardan onlayn platformaga quyidagi ma’lumotlarni kiritishlari talab qilinadi.

– o‘zining pasport ma’lumotlari, JShShIR ma’lumoti haqida axborot;

– diplom va uning ilovasining elektron nusxasi;

– o‘qish istagini bildirgan oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishi.

Ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot bo‘yicha o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi.

Ko‘proq yangiliklar: