Ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli tumanida sodir bo‘lgan YTH video lavhalari tarqaldi. Unda ko‘rinishicha, Spark mashinasi yo‘lni o‘rta qismidan ajratib turuvchi kichik beton to‘siq ustidan qarama-qarshi tomonga o‘tib ketgan hamda ikkita mashina bilan to‘qnashgan.
Toshkent shahar IIBB YHXB yo‘l transport hodisasi bo‘yicha dastlabki ma’lumotlarni ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 9 iyul kuni soat 19:40larda Sergeli tumani Qipchoq ko‘chasida 2 ta Spark va Honda mashinalari to‘qnashgan. YTH oqibatida 3 nafar fuqaroga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan.
YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari boshlangan.
Holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishi ma’lum qilingan.
Avvalroq Toshkentda Spark haydovchisi ikki piyodani urib yuborgani xabar qilingandi.