Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda fuqaro kotlovan qazib, qo‘shnisining uyini qulatgani rad etildi
Tezkor o‘rganish ishlari davomida viloyatning birorta hududida uy-joy qulashi bilan bog‘liq hodisa ro‘y bermaganligi aniqlangan.

Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda fuqaro qurilish qilish uchun kotlovan qazib, qo‘shnisining uyini qulatgani haqidagi videolavhalar tarqaldi. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
“Avvalo ta’kidlash joizki, tarqatilayotgan materialda holatning aynan Samarqand viloyatida sodir bo‘lganini izohlovchi biror ma’lumot keltirilmagan. Shuningdek, diqqat bilan tinglansa, tasvir ortida insonlarning chet tilida so‘zlashayotganini ham eshitish mumkin”, deyiladi vazirlik munosabatida.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi tomonidan tezkor o‘rganish ishlari olib borilgan. O‘rganish davomida viloyatning birorta hududida uy-joy qulashi bilan bog‘liq hodisa ro‘y bermaganligi aniqlangan.
Vazirlik yolg‘on axborot tarqatganlik uchun qonunchilikda tegishli jazo choralari belgilanganligini eslatib o‘tgan.
Avvalroq Samarqand viloyatining Juma shahrida kotlovan noto‘g‘ri qazilishi oqibatida qurilish obektiga tutash bo‘lgan uy qulab tushgandi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp va Netanyahuning Oq uydagi muhokamalari, «Tolibon»ga qarshi xalqaro bayonotlar va bosh ko‘tarayotgan Eron-Isroil ziddiyati – kun dayjesti
Jahon | 13:30
-
O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida readmissiya to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi
Jahon | 13:28
-
Ispaniya va Fransiyada o‘rmon yong‘inlari avj oldi
Jahon | 13:20
-
WSJ: Tramp Kiyevga yana bir Patriot tizimini berish haqida o‘ylamoqda
Jahon | 13:11
Mavzuga oid

21:26 / 07.07.2025
Sergeli City'ning ayrim bloklarida qurilish ishlari to‘xtatildi

22:00 / 05.07.2025
«Samarqand qog‘ozi» geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

08:25 / 05.07.2025
Samarqandda inspeksiya bosh mutaxassisi pora bilan qo‘lga tushdi

11:37 / 04.07.2025