Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat xaridlaridagi to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar jamoatchilik muhokamasidan o‘tkaziladi
Davlat buyurtmachilari tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar ular tuzilishidan oldin kamida 1 ish kuni davomida jamoatchilik muhokamasidan o‘tkaziladi. Davlat ulushi 50 foizdan yuqori kompaniyalarning yillik va choraklik xarid reja-jadvallari hamda import qilish rejalashtirilgan tovarlar ro‘yxati ochiqlanadi.
Prezidentning “Davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va unda kichik tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Qarorga ko‘ra, 2024 yil 1 sentabrdan elektron do‘kon vositasida davlat xaridlarini amalga oshirishda narx va boshqa sharoitlar teng bo‘lgan hollarda, belgilangan mezonlarning biri asosida nogironligi bo‘lgan shaxslar, xotin-qizlar va yoshlarning bandligini ta’minlagan kichik tadbirkorlik sub’yektlarining takliflari ustunlikka ega bo‘ladi.
2024 yil 1 sentabrdan 2025 yil 31 dekabrgacha kichik biznesga ko‘maklashish markazlari yordamida ishlab chiqilgan loyihalar doirasida import qilinadigan asbob-uskunalarni sug‘urtalash hamda xomashyo va materiallarni sertifikatlash xarajatlarining 50 foizigacha qismini, biroq BHMning 30 baravaridan (10 mln 200 ming so‘m) oshmagan miqdorda qoplab beriladi.
Shuningdek, 2024 yil 1 oktyabrdan davlat buyurtmachilari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar ular tuzilishidan oldin kamida 1 ish kuni, shuningdek, tender savdolari natijalariga ko‘ra rasmiylashtirilgan bayonnomalar davlat xaridlari maxsus axborot portaliga joylashtirish orqali kamida 2 ish kuni davomida jamoatchilik muhokamasidan o‘tkaziladi. Bu davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish va ushbu tizimda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida amalga oshirilmoqa.
Qarorga muvofiq, 2024 yil 1 sentabrdan:
– ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari, shuningdek, ularning tarkibidagi xo‘jalik jamiyatlari kuzatuv kengashlarining davlat xaridlari yillik va choraklik reja-jadvallari hamda import qilish rejalashtirilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‘yxatlarini tasdiqlash bo‘yicha qarorlari muhim fakt sifatida oshkor qilib boriladi;
– davlat xaridlari maxsus axborot portalida korporativ buyurtmachilarning ishlab chiqarish faoliyati uchun zarur bo‘ladigan tovarlarni mahalliylashtirish orqali kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan o‘z takliflarini berish imkoniyati yaratiladi.
Bundan tashqari, 2024 yil 1 oktyabrgacha davlat xaridlari maxsus axborot portalida davlat buyurtmachilari amalga oshirgan davlat xaridlari natijalariga ko‘ra tovarlar (ishlar, xizmatlar), shu jumladan, ularning turlari kesimida shakllangan narxlarni jamoatchilik uchun ochiq ifodalovchi alohida sahifa joriy etiladi hamda davlat buyurtmachilariga ushbu sahifa asosida boshlang‘ich narxni shakllantirish imkoniyati beriladi.
2024 yil 1 dekabrgacha esa davlat xaridlari tizimining mobil ilovalari yaratiladi.
Qaror bilan har yil yakuni bo‘yicha keyingi yilning 1 apreligacha davlat xaridlari sohasida “Eng faol tadbirkor” hamda “Eng yaxshi buyurtmachi” tanlovlari o‘tkazilishi ham belgilanmoqda.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Senat xorijdan qaytganlarni OIV majburiy tekshiruvidan o‘tkazish haqidagi qonunni ma’qulladi
O‘zbekiston | 21:29
-
Uitkoff uchun uyushtirilgan «sahna» - Tramp vakilining Isroil yordam markazlariga tashrifi G‘azodagi vaziyatni o‘zgartira oladimi?
Jahon | 20:49
-
Putin va Lukashenko skameykada o‘tirib intervyu berdi
Jahon | 20:34
-
Trampning ultimatumidan keyin Putin: «Oreshnik»ni seriyali chiqara boshladik»
Jahon | 20:07
Mavzuga oid

14:09 / 20.05.2025
Daraxt kesish uchun ariza berayotganlarni jamoatchilik kuzatib turadi

16:52 / 07.05.2025
Noshaffof xususiylashtirishlar. Bu yana davom etadimi?

21:57 / 26.04.2025
2024 yilning eng ochiq va eng yopiq davlat tashkilotlari ma’lum qilindi

17:32 / 04.03.2025