ADM Jizzakh zavodining konveyeridan minginchi Kia Sonet avtomobili chiqarildi

O‘zbekiston 12:11 / 10.07.2024 9191

2024 yilning 8 iyul kuni ADM Jizzakh zavodida yubiley sonli, minginchi Kia Sonet avtomobili yig‘ildi. To‘rt oy yakunlariga ko‘ra, Sonet modeli Kiaʼning O‘zbekistonda eng ko‘p sotilgan avtomobiliga aylandi.

Kia Sonetʼning ishlab chiqarilishining mingtalik bosqichga yetishi ushbu ixcham krossoverga talab ortib borayotganini tasdiqlaydi. Sotuvlar dinamikasi O‘zbekiston bozorida eng ko‘p sotiladigan avtomobil brendlari TOPiga kirish uchun yaxshi imkoniyatlarga ega ekanidan dalolat bermoqda. Sotuvlari hajmi Kia brendining O‘zbekistondagi sotuvlarining uchdan biridan ortiq hajmni tashkil qiladi.  

ADM Jizzakh zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, bu xalqaro standartlarga mos bo‘lgan yuqori sifatli avtomobillarni ishlab chiqarish imkonini beradi. Ishlab chiqarish hajmi oydan oyga ortib bormoqda va sentabr oyi oxirigacha Sonet 10 000 donaga teng bo‘lgan yana bir rekord bosqichni bosib o‘tishi kutilmoqda.

Kia Sonet – ixcham shahar krossoverdir. U zamonaviy dizayn, ergonomik salon va zamonaviy jihozlanushga ega. O‘zining muvozanatlangan texnik xususiyatlari va raqobatbardosh narxi tufayli Sonet ko‘plab xaridorlarning e’tirofiga sazovor bo‘ldi. 

Kia avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori ADM Global kompaniyalar guruhi hisoblanadi.

Kiaʼning O‘zbekistondagi tezkor axborot liniyasi telefon raqami: +998 55 500 83 33

Ko‘proq yangiliklar: