Xitoyning elektromobil ishlab chiqaruvchi giganti BYD Turkiyada zavod ochadi

Jahon 11:52 / 09.07.2024 6927

Kutilishicha, kelishuv doirasida jahonning eng yirik elektromobil ishlab chiqaruvchisi 1 mlrd dollar evaziga Turkiyada yiliga 150 ming dona elektromobil va hibrid mashinasi ishlab chiqaruvchi zavol quradi.

Obektda 5 minggacha bo‘lgan kshi bevosita ish bilan ta’minlanishi rejalashtirilmoqda.

Zavol 2026 yilda mamlakatning g‘arbida joylashgan Manisa viloyatida ishga tushiriladi. Bundan tashqari, barqaror mobillik texnologiyalari bo‘yicha ilmiy tadqiqot markazini ham barpo etish rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz: Turkiya hukumati iyun oyida Xitoyda ishlab chiqarilgan ichki yonuv dvigatelli va hibrid avtomobillarga 40 foizlik bojxona bojlari joriy etilganini e’lon qilgan edi. Qonunga ko‘ra, bunday bojlar faqat Xitoyda ishlab chiqarilgan avtomobillargagina joriy etiladi.

Shu sababli Xitoyning Chery kompaniyasi ham Turkiyada zavod ochishga qaror qilgan. Xitoy avto ishlab chiqaruvchilari shu yo‘l bilan eksport bojlaridan qochishga urinishmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: