Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tazyiqlar ostidagi kooperativlar bo‘yicha qonun qabul qilinmoqda
Deputatlar “Qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risida”gi qonunni birinchi o‘qishda qabul qildi. Kun.uz fermerlarning mustaqil, erkin tarzda birlashishi joylarda mahalliy rahbarlarning to‘sqinligiga uchrashi haqida yillardan buyon yozib keladi. Ikki yil oldin kooperativlardan birining paxtasini tortib olish uchun hatto “maska-shou” ham uyushtirilgandi.

Foto: Kun.uz
Qonunchilik palatasining 9 iyul kungi yalpi majlisida “Qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Qonun loyihasida qishloq xo‘jaligi kooperativlarini tashkil etish, kooperativ a’zoligiga qabul qilish, nazorat qilish, tashqi audit, boshqarish, qayta tashkil etish va tugatish, davlat va kooperativlar o‘rtasidagi hamda mulkiy munosabatlarni tartibga solish masalalari belgilanmoqda.
Shuningdek, belgilanayotgan normalar kichik ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ular faoliyatini muvofiqlashtirish, davlat tomonidan shart-sharoitlar yaratish, moliyalashtirish bo‘yicha rag‘batlantiruvchi chora-tadbirlarni qo‘llash masalalarini ko‘zda tutadi.
Loyihada keltirilgan ta’rifga ko‘ra:
qishloq xo‘jaligi kooperativi – jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriy ravishda birlashib, egalik qiladigan va demokratik yo‘l bilan boshqariladigan, a’zolarining moddiy va boshqa extiyojlarini qondirish uchun pay usuliga asoslangan qishloq xo‘jaligida faoliyat yurituvchi mustaqil va tijorat tashkiloti hisoblanadi.
Rasmiy xabarda qonunning boshqa tafsilotlari keltirilmagan.
Ma’lumot uchun:
- “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunning 25-moddasida fermer xo‘jaliklari mahsulot yetishtirish va boshqa maqsadlarda ixtiyoriylik asosida birlashishi mumkinligi belgilangan.
- “Kooperatsiya to‘g‘risida”gi qonunning 13-moddasida qishloq xo‘jaligi kooperativi ishlab chiqarish kooperativining bir shakli ekani va qonunlarda belgilab qo‘yilgan huquqlardan foydalanishi ko‘rsatilgan.
- “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunning 34-moddasiga binoan, davlat organlari va mansabdor shaxslarining tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarining qonunchilikka muvofiq amalga oshirayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.
- “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunning 6-moddasiga asosan, ichki ishlar xodimlari o‘zining qonunga xilof xatti-harakatlarini oqlash uchun yuqori turuvchi mansabdor shaxslarning qonunga xilof talablarini ro‘kach qilishi mumkin emas.
Yuqoridagilarga qaramay, respublika bo‘ylab qishloq xo‘jaligi kooperativlari mahalliy rahbarlar tomonidan muntazam ravishda noqonuniy to‘siqlarga uchrab keladi. Kun.uz bunday holatlarni ko‘p bora yoritgan.
Yangi qonunning qabul qilinishi fermerlarga nihoyat klasterlardan mustaqil, mahalliy rahbarlar bosimidan xoli ravishda, o‘zlari erkin birlashgan holda agrobiznes yuritishiga zamin yaratishi mumkin.
Bu borada Kun.uz'da e’lon qilingan ayrim materiallar:
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
Toshkent va Kolombo o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:28
-
Rossiya avgustdan Ukraina bilan chegaradagi 20 ta o‘tish joyini yopadi
Jahon | 15:20
-
Pekinda suv toshqinlari oqibatida 30 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
Jahon | 15:00
Mavzuga oid

12:06 / 26.07.2025
O‘zbekistonda yerlarning eng katta qismi qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan

21:50 / 23.07.2025
Asalarilar o‘limi davom etmoqda. Moddiy zarar qoplanadimi?

09:45 / 21.07.2025
O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi sohasida Serbiya bilan hamkorlik qiladi

21:56 / 19.07.2025