Senatning ellik to‘rtinchi yalpi majlisi 10 iyul kuni chaqiriladi

O‘zbekiston 07:16 / 09.07.2024 6385

8 iyul kuni Oliy Majlis Senati kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisni Senat raisi Tanzila Norboyeva olib bordi. Unda Senatning ellik to‘rtinchi yalpi majlisini 2024 yil 10 iyul kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Video-konferens-aloqa tizimidan foydalangan holda o‘tkaziladigan yalpi majlisda qator masalalarni muhokama qilish nazarda tutilgan.

Yalpi majlisda ushbu qonunlar ko‘rib chiqiladi:

– «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»;

– ««Aholi bandligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»;

– «O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish haqida»;

– «Huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»;

– «Shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi va aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»;

– ««Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga bojxona brokeri faoliyatini hamda xalqaro kurerlik jo‘natmalarini yetkazib berish bo‘yicha faoliyatni takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimchalar kiritish haqida»;

– «Fitosanitariya talablari yengillashtirilishi munosabati bilan «O‘simliklar karantini to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish haqida»;

– «Ma’muriy islohotlar doirasida ta’lim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»;

– «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»;

– Turkmaniston va Turkiya bilan tuzilgan bitimlarni ratifikatsiya qilish haqida.

Senatorlar tomonidan yalpi majlisda Toshkent shahrida tadbirkorlikni rivojlantirish va ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar ham muhokama qilinadi.

Shuningdek, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning sifat tarkibini yaxshilash, o‘simlik va hayvonot dunyosini asrash hamda kadastrini yuritish holati yuzasidan hukumatga yuborilgan parlament so‘rovi natijalari hamda o‘zini o‘zi band qilish tartibida mehnat faoliyatini amalga oshirishning ayrim masalalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborish ko‘rib chiqiladi.

Ko‘proq yangiliklar: