Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadan haftalik neft eksporti 2022 yildan buyon rekord darajadagi 37 foizga qisqardi - Bloomberg
Neft mahsulotlarini yuklash Rossiyadagi barcha eksport terminallarida pasayib ketgani aytilmoqda.

Foto: Reuters
1 iyuldan 7 iyulgacha bo‘lgan hafta ichida Rossiyaning neft xomashyosini dengiz orqali eksport qilish 2022 yilning fevralidan buyon eng past darajaga tushgan va sutkasiga 2,67 mln barrelni tashkil etgan. Bir hafta muqaddam bu ko‘rsatkich 3,66 mln barrelni tashkil etayotgan edi va qisqarish 37 foizni tashkil etgan. So‘nggi to‘rt haftadagi volatil o‘rtacha ko‘rsatkich shu yilning fevralidan buyon eng past ko‘rsatkichgacha tushib ketgan, deb yozadi Bloomberg o‘z hisob-kitoblariga asoslanib.
Yuklashlar Rossiyadagi qariyb barcha neft xomashyosi eksporti terminallarida pasayib ketgan (Murmansk va Saxalindagidan tashqari). Bu holda Rossiya neftining asosiy importchilari sifatida hamon Hindiston (sutkasiga 1,8 mln barrel) va Xitoy (sutkasiga 0,9 mln barrel) qolmoqda. Bloomberg hisob-kitoblariga ko‘ra, «Osiyoning boshqa davlatlari» ham so‘nggi hafta ichida importni 0,1 mlndan 0,2 mln barrelgacha oshirgan.
Agentlikning qayd etishicha, eksportning bu qadar keskin tushib ketishi uchun yuklash dasturlaridagi nosozliklar, dengizda to‘fonlar kabi “aniq bir sabab” bo‘lmagan.
Lekin shunga qaramasdan, Bloomberg’ning yozishicha, eksportning qisqarishiga Rossiyaning OPEC+ maqsadli ko‘rsatkichlariga moslashuvining yaxshilanishi sabab bo‘lishi mumkin. Rossiyada neft qazib olish mart oyidan iyungacha taxminan sutkasiga 360 ming barrelga qisqargan. Ukraina dronlari hujumiga duchor bo‘lgan neftni qayta ishlash zavodlaridagi tiklanish ishlari ham yetkazib berishning qisqarishiga olib kelgan bo‘lishi mumkin.
Agentlikning qayd etishicha, Rossiya neft xomashyosi yetkazib berilishining yalpi qiymati ham yetti kun ichida tushib ketgan, biroq bu tanazzul to‘rtinchi hafta mobaynida oshib borayotgan neft narxi bilan yumshatilgan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

22:31 / 15.07.2025
Trampdan yangi dedlayn – 50 kun. Bu nima degani?

21:23 / 15.07.2025
Qurollanishning yangi davri boshlandi. Harbiy budjeti eng katta davlatlar qaysi?

19:18 / 15.07.2025
Rossiyada migrantlarning xorijga pul o‘tkazmalarini cheklash taklif qilindi

18:43 / 15.07.2025