O‘zbekiston olimpiya jamoasining Parijga boradigan tarkibi e’lon qilindi

Sport 22:02 / 09.07.2024 7449

Avvalgi ro‘yxatdan bir futbolchi – Alibek Davronov tushib qoldi. U avvalgi jarohati sababli Parijga yo‘l oladigan tarkibdan o‘rin olmagan.

Turnir reglamentiga muvofiq, 3 nafar 23 yoshdan yuqori futbolchilar — Eldor Shomurodov, Oston O‘runov va Husniddin Aliqulov jamoaga jalb etilgandi.

Avvalroq, Osiyo kubogi U23da ishtirok etgan o‘yinchilardan himoyachi Mahmud Mahamadjonov, yarimhimoyachi Hojimat Erkinov, hujumchilar Otabek Jo‘raqo‘ziyev hamda Ulug‘bek Hoshimov tarkibdan o‘rin olmagandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston olimpiya jamoasi Olimpiadadagi ishtirokini 24 iyul kuni Ispaniyaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.

Ma’lumot uchun, turnir davomida 18 nafar futbolchi yakuniy ro‘yxatdan joy oladi. Temur Kapadze jamoasi 11 iyul kuni Parijga uchadi. Olimpiada oldidan 15 iyulda Gvineya, 18 iyulda Yangi Zelandiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkaziladi.

Ko‘proq yangiliklar: