Abituriyentlarga ruxsatnomalar berish boshlandi

O‘zbekiston 08:40 / 09.07.2024 11617

2024/2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga abituriyent ruxsatnomasini berish boshlandi. Bu haqda Bilimni baholash agentligi xabar berdi.

Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyent ruxsatnomasini my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida kirish test sinovlari 2024 yil 14 iyuldan 28 iyulga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Imtihonlar 28 iyulda yakunlanadi va abituriyentlar 30 iyuldan boshlab 15 kun davomida yo‘nalish tanlashi mumkin bo‘ladi. 13 avgustda (shu kuni ham tanlash mumkin bo‘ladi) ushbu muddat yakunlanadi. 7 kunlik muddatdan so‘ng mandat hisoblanib, natijalar 21-22 avgustda e’lon qilinadi.

Ko‘proq yangiliklar: