Qirg‘izistonda 250 boshga yaqin qo‘ylar chaqmoq urishidan nobud bo‘ldi
Holat Issiqko‘l viloyatining Ton tumani hududidagi yaylovda kuzatilgan. Tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi tezkor guruhi vaziyatni o‘rganish uchun voqea joyiga yetib borgan.

Foto: Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Qirg‘izistonda 250 boshqa yaqin qo‘ylar chaqmoq urishidan nobud bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Vazirlikning ma’lum qilishicha, 7 iyul kuni soat 17:00lar atrofida Issiqko‘l viloyati, Ton tumani Kun-Chiqish qishlog‘i hududidagi yaylovda 250 boshqa yaqin qo‘ylarni chaqmoq urgani va ular nobud bo‘lgani haqida xabar kelib tushgan. Ton tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tezkor guruhi voqea joyiga yetib borgan.
Xabarda Qirg‘iziston Gidromet xizmati va Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholini doimiy ravishda tabiat hodisalari haqida ogohlantirib kelganini, jumladan, 8-12 iyul kunlari kuchli yomg‘ir yog‘ishi xabar qilinganini bildirgan.
Shu kabi holat oldinroq Tojikistonda ham kuzatilgan edi. Unda Tojikistonning Xatlon viloyati, Sangvor tumanida cho‘pon va qo‘ylar podasi yashin urishi oqibatida nobud bo‘lgandi.
Mavzuga oid

20:37 / 10.03.2025
Yevropa Ittifoqi Tojikistonga chegara xavfsizligini yaxshilashga yordamlashadi

16:57 / 10.03.2025
Qirg‘izistonda Botkendan Qo‘qongacha temiryo‘l qurilishi mumkin

16:59 / 06.03.2025
Shavkat Mirziyoyev 6 ta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi

11:29 / 26.02.2025