2024 yilning II choragi davomida davlat budjetiga soliq tushumlari qariyb 45,5 trln so‘mni tashkil etdi. Bu – o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,4 foizga ko‘p, deya ma’lum qildi Soliq qo‘mitasi.
II chorakda barcha soliq turlari bo‘yicha o‘sish kuzatilgan. Eng yuqori o‘sish – mol-mulk solig‘i – 45 foiz. Keyingi o‘rinlarni esa aksiz solig‘i (36,6 foiz) va QQS (26,5 foiz) egalladi.
Soliq turlari kesimida tushum (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish)lar quyidagicha:
- foyda solig‘i – 9,5 trln so‘m (10,6 foiz);
- QQS – 9,4 trln so‘m – (26,5 foiz);
- JShODS – 9,2 trln so‘m – (18,7 foiz);
- aksiz solig‘i – 4,6 trln so‘m – (36,6 foiz);
- yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq – 4,1 trln so‘m (16,2 foiz);
- yer solig‘i – 2,2 trln so‘m (32,1 foiz);
- mol-mulk solig‘i – 1,8 trln so‘m (45 foiz);
- AOS – 756,1 mlrd so‘m (1,7 foiz);
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 186,1 mlrd so‘m (0,4 foiz).
I chorakda budjetga soliq tushumlari 40,3 trln so‘mni tashkil qilgandi. Shu raqamlardan kelib chiqilsa, 2024 yilning 6 oyida soliq tushumlari 85,8 trln so‘mni tashkil qilgan. Bu – o‘tgan yilning birinchi yarmidagi ko‘rsatkichdan 11,4 foizga ko‘p.
Avvalroq 2024 yilning birinchi yarmida davlat budjeti defitsiti 34 trln so‘mdan oshgani xabar qilingandi. 6 oyda davlat budjeti daromadlari 115,8 trln so‘m, xarajatlari esa 149,8 trln so‘mni tashkil etib, taqchillik 34 trln so‘mga yetgan. Bu – bir yil oldingi ko‘rsatkichdan qariyb 27 foizga ko‘p.