«Barcha tomonlar Ukrainadagi jangovar harakatlar to‘xtatilishidan manfaatdor» - Si Jinping

Jahon 12:01 / 08.07.2024 7868

Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Jinping Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuvi chog‘ida barcha tomonlar Ukrainada o‘t ochishning to‘xtatilishidan manfaatdor ekani, biroq yirik davlatlar «ijobiy energiya» namoyon eta boshlagandagina bunga erishish mumkinligini ta’kidladi, deb yozadi Xinhua.

Agentlik xabariga ko‘ra, Si Jinping va Viktor Orban Ukrainadagi krizisni batafsil muhokama qilishgan. Vengeriya bosh vaziri Kiyev va Moskvaga tashrifi borasida Xitoy yetakchisini boxabar qilgan. O‘z navbatida XXR raisi Orbanning sa’y-harakatlarini yuqori baholab, Xitoy pozitsiyasi haqida so‘zlab bergan.

Xinhua agentligi yozishicha, Si Jinping o‘t ochishni to‘xtatib, urushni yakunlash, siyosiy yechim topish barcha tomonlar uchun manfaatli ekanini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda jangovar harakatlar zonasi kengayishi, urush yanada avj olishining oldini olish, vaziyatni imkon qadar sovitishga bor diqqatni qaratish kerak.

«Xalqaro hamjamiyat tomonlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot va muzokaralar o‘tkazish uchun shart-sharoitlar yaratishi va yordam berishi kerak. Barcha yirik davlatlar ijobiy energiya namoyish etsagina o‘t ochishning yakunlanishi tezda sodir bo‘ladi. Xitoy krizisni tinch yo‘l bilan hal bo‘lishiga xizmat qiluvchi tinchlik muzokaralarini faol ilgari surmoqda», — deyiladi xabarda.

Xabarda qayd etilishicha, Xitoy va Vengriya bu masalada asosiy yondashuvlar va yo‘nalishlar bo‘yicha hammaslak. Pekin Budapesht va boshqa tomonlar bilan aloqalarni saqlab turishga tayyor.

Muzokaralar chog‘ida Xitoy va Yevropa Ittifoqi munosabatlari mavzusi ham ko‘tarilgan. Si Jinpingning qayd etishicha, Xitoy va Yevropa o‘rtasida geosiyosiy mojarolar va fundamental manfaatlar to‘qnashuvi yo‘q. 

Ko‘proq yangiliklar: