Avtomobillarga ekologik stiker berish 2025 yil 1 martdan boshlanadi

O‘zbekiston 14:12 / 08.07.2024 11612

O‘zbekistonda “Ekologik transport” tizimini joriy qilish kechiktirildi. Vazirlar Mahkamasining 3 iyul kungi qarori bilan, tizim 2025 yilning 1 martdan boshlab yo‘lga qo‘yiladi.

Hukumatning avvalroq qabul qilingan qarorida bu muddat 2024 yil 1 iyun deb ko‘rsatilgandi.

“Ekologik transport” tizimi doirasida, barcha toifadagi avtomototransport vositalarining atmosfera havosiga zararli ta’siri bo‘yicha normativlarga mosligi nazorat qilinadi.

Transport vositalari ekologiyaga zarari darajasidan kelib chiqib “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga bo‘linadi, xuddi shunday, shaharlardagi hududlar ham uchta toifaga ajratilib, atrof-muhitga zarari yuqori avtomobillarning muayyan zonalarga kirishi cheklanadi.

Ko‘proq yangiliklar: