Elektr uchun to‘lovlar hisobga ikki barobar bo‘lib tushayotgani texnik nosozlik bo‘lib chiqdi

O‘zbekiston 18:42 / 07.07.2024 34951

Elektr energiyasi uchun to‘lovlarda hisobga ikki barobar pul hisoblanayotgani bilan bog‘liq holat texnik nosozlik ekani ma’lum bo‘ldi. «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ matbuot xizmati holat yuzasidan munosabat bildirdi.

«Ijtimoiy tarmoqlarda elektr energiyasi uchun to‘lovlarda hisobga ikki barobar pul hisoblanayotgani to‘g‘risida xabar tarqalmoqda.

Ayni paytda to‘lov tizimlari bilan bog‘liq texnik nosozlik kuzatilganligi sabab, to‘lov amalga oshirilganda iste’molchi balansida to‘lov qoldig‘i ko‘proq ko‘rsatilishi kuzatilmoqda. Ayni paytda billing tizimi orqali elektr energiyasi uchun to‘lovlar xatoliksiz qabul qilinmoqda hamda balans qoldiqlari to‘g‘ri shakllantirilmoqda.

Tez fursatlarda nosozliklar bartaraf etilishini ma’lum qilamiz.

Iste’molchilardan elektr energiyasi hisobi ko‘rsatkichlari to‘g‘risida aniq va to‘g‘ri ma’lumotlarni «Hududiy elektr tarmoqlari» AJning rasmiy veb-saytidaga Shaxsiy kabinet orqali olishlarini tavsiya qilamiz», deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: