Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +22...+27 daraja, kunduzi 8 iyulda +33...+38 daraja, 9-10 iyulda +35...+40 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s.gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 8 iyulda kechasi +21...+26 daraja, kunduzi +33...+28 daraja, 9-10 iyulda kechasi +22...+27 daraja, kunduzi +35...+40 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 8 iyulda ayrim joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 9-10 iyul kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8 iyul kuni ba’zi joylarda 13-18 m/s.gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8 iyulda kechasi +19...+24 daraja, kunduzi +32...+37 daraja, 9-10 iyul kunlari kechasi +21...+26 daraja, kunduzi +34...+39 daraja bo‘ladi.
Samarqand viloyati. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8 iyulda ba’zi joylarda 13-18 m/s.gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 8 iyul kuni kechasi +19...+24 daraja, kunduzi +32...+37 daraja, 9-10 iyulda kechasi +21...+26 daraja, kunduzi +34...+39 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8 iyulda +20...+25 daraja, 9-10 iyulda +22...+27 daraja, kunduzi +37...+42 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi. 8 iyulda ayrim joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8 iyulda ba’zi joylarda 13-18 m/s.gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +19...+24 daraja, kunduzi +32...+37 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s.gacha kuchayishi ehtimoli bor. Harorat kechasi +11...+16 daraja, kunduzi 8 iyulda +20...+25 daraja, 9-10 iyulda +23...+28 daraja bo‘ladi.