DwarfLab kompaniyasi boshqa teleskoplarga qaraganda ancha ixcham bo‘lgan Dwarf 3’ni taqdim qildi. U dunyodagi eng yengil teleskoplardan biriga aylandi.
Uning og‘irligi 1,35 kilogrammni tashkil qiladi, xolos. O‘lchamlari shunday ko‘rinishda: 222×142×65.
Yangi teleskopning eng katta afzalliklaridan biri uni smartfonga ulash mumkin. Bu foydalanuvchiga osmon jismlari haqida qo‘shimcha ma’lumotlar beruvchi yordamchi ilovadan foydalanishga imkon beradi. Ilova yordamida teleskopni darhol kerakli jismlarni kuzatishga yo‘naltirish mumkin. Ta’kidlash kerak, bunda sun’iy idrok yordam beradi.
Teleskop chang va suvdan himoyalangan. Akkumulyator sig‘imi 10 000 mAh’ga teng. Qurilma 128 G hajmdagi ma’lumotni o‘zida saqlay oladi. Dwarf 3’dan nafaqat fotosuratlar olish, balki 4 formatida videotasvirga olish mumkin.
Teleskopga oldindan buyurtmalar olish boshlangan. Uning narxi 479 dollarni tashkil qiladi.