Samarqandda katta pul evaziga ikki kishini AQShga yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

O‘zbekiston 10:34 / 05.07.2024 3784

Samarqand viloyati Payariq tumanida fuqaroni katta pul evaziga AQShga yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.

Departamentning Payariq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro X.K. fuqarolar Sh.Z. va B.R.ning ishonchiga kirib, ularni AQShga ishga yuborishini va’da qilib, har biridan 12 000 dollardan olgani va ushbu pullar hisobidan 4 000 dollar qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: