Nashr tadqiqotchilari yangi o‘ldirilganlarning yoshiga qarab taqsimlanishi va ularning meros reyestriga kiritilishini hisobga oluvchi matematik model yaratishdi. Bunday hisob-kitoblarga ko‘ra, 2024 yilning boshidan buyon Rossiya armiyasining tiklab bo‘lmas yo‘qotishlari 39 ming kishiga oshgan. Bu o‘tgan yilning so‘nggi choragidagi halok bo‘lgan yo‘qotishlarning o‘rtacha sur’atidan qariyb ikki barobardan ham ko‘proq. O‘shanda «Meduza» kunlik yo‘qotishlarni taxminan 120 kishiga baholagan edi, bugungi kunga kelib Ukrainada kuniga 200–250 rossiyalik askar halok bo‘lmoqda.
Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, yo‘qotishlar miqdorining oshishi shu yilning qishidan va Avdiyivka shahrining shturm qilinishidan boshlangan va butun front chizig‘i bo‘ylab hujumlar chog‘ida va Harkiv oblastiga hujum chog‘ida davom etgan. Hozirgi bosqin Baxmut va Soledar uchun janglardagi yo‘qotishlardan oshib ketgan. O‘shanda Rossiya qo‘shinlari taxminan 21 ming askaridan ayrilgan.
AQSh, Buyuk Britaniya va G‘arbning boshqa davlatlari razvedkasiga ko‘ra, Rossiya armiyasi urushga yollagan askarlarining barchasidan jang maydonida judo bo‘lmoqda, hattoki ayrim joylarda bundan ham ko‘proq. Kamida vaziyat may oyida shunday bo‘lgan, o‘shanda Rossiya Xarkiv oblastiga bostirib kirgan edi. Britaniya razvedkasi may oyini butun urush davomidagi eng qonli oy deb atagan va kunlik yo‘qotishlar o‘rtacha 1200 kishi bo‘lganini iddao qiladi. Agar taxmin to‘g‘ri bo‘lsa, may oyining o‘zida Rossiya armiyasi 31–37 ming askaridan ayrilgan.
Bu holda amerikalik mulozimlar Rossiya oyiga 25–30 ming askar bilan armiya safini to‘ldirishda davom etayotganini aytishmoqda. Bu qo‘mondonlarga askarlarning sonini o‘ylamasdan, ularni o‘limvor «to‘pemi shturmlari»ga tashlashda davom etish imkonini beradi.
Iyun oyi boshlarida Rossiya prezidenti V.Putin ikki yarim yillik urush chog‘ida Rossiya armiyasining yo‘qotishlarini 130 ming kishiga baholagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Ukrainaning tiklab bo‘lmas yo‘qotishlari nisbati birga besh nisbatda. Shunday qilib, Rossiya armiyasining rasmiy yo‘qotishlari soni oyiga 10 ming askarga teng. 27 oylik urushda bu 270 ming raqamini beradi va ularning 135 nafari halok bo‘lganlar.
Shunga yaqin raqamni Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar vaziri Stefan Sejurne keltirgan edi. Uning baholashlariga ko‘ra, Rossiya armiyasi shu choqqacha 150 ming askaridan ayrilgan.
Britaniya Mudofaa vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning apreli oxirigacha Rossiya armiyasining 450 ming askari Ukrainada yo og‘ir yarador bo‘lgan yoki halok bo‘lgan. Bu raqam ichiga Rossiya qamoqxonalaridan o‘n minglab mahbuslarni yollab, «to‘pemi shturmlar»ga tashlagan «Vagner» singari xususiy harbiy kompaniyalarning yo‘qotishlari kirmaydi. Amerika razvedkasi o‘tgan yilning avgustida Rossiya yo‘qotishlarini 360 kishi, jumladan 120 mingta halok bo‘lgan askarlarga baholagan edi.
«Mediazona» va BBC Rossiyaning 50 mingdan ortiqroq askarining o‘limini birma-bir tasdiqlab hujjatlashtirgan. Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, o‘lganlarning 43 foizi Ukrainaga keng ko‘lamli bosqin boshlanguncha armiyaga aloqador insonlar bo‘lmagan. Tasdiqlangan yo‘qotishlarning 18 foizini mahbuslar, 13 foizini ko‘ngillilar, 12 foizini safarbar qilinganlar tashkil etadi. Halok bo‘lgan yana 28 foiz askarlarning qay bir guruh yoki qo‘shinlarga aloqadorligini aniqlashning imkoni bo‘lmagan.