2024 yilning yanvar-may oylarida 2,2 mln nafar o‘zbekistonlik turistik maqsadlarda chet elga chiqqan. Bu haqda Statistika agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 569,2 ming nafarga yoki 35,5 foizga oshgan.
Joriy yilning 5 oyida turistik maqsadlarda chet elga ketgan O‘zbekiston fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni:
– Qirg‘iz Respublikasi – 995,3 ming nafar;
– Tojikiston – 449,8 ming nafar;
– Qozog‘iston – 322,5 ming nafar;
– Saudiya Arabistoni – 100,2 ming nafar;
– Rossiya – 86,5 ming nafar;
– Turkiya – 63,9 ming nafar;
– BAA – 55,7 ming nafar;
– Quvayt – 16,5 ming nafar;
– Misr – 13,5 ming nafar;
– Janubiy Koreya – 8,3 ming nafar;
– Boshqa davlatlar – 59,5 ming nafar.