3,7 mlrd so‘mlik ish haqi va nafaqa pullari talon-toroj qilingan – Bosh prokuratura

O‘zbekiston 07:48 / 05.07.2024 15015

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinov Bosh prokurorning aholiga yo‘llagan murojaatida qayd etilgan masalalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, aholi bandligi, yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan dasturlar ijrosi ustidan nazorat kuchaytirildi. O‘tkazilgan o‘rganishlarda 31 087 ta yangi ish o‘rinlari hisobotlarga qo‘shib yozilganligi aniqlanib, aybdor shaxslar tegishli javobgarlikka tortilgan.

Shuningdek, 274 nafar ishchi - xizmatchining kechiktirilgan 966 mln so‘m ish haqlari undirib berilgan. Prokurorlar tashabbusi bilan 311 marotaba mehnat yarmarkasi o‘tkazilib, ularda 4 312 nafar ishsiz fuqaro ishga joylashtirilgan. Ish haqi va nafaqa pullarining 3,7 mlrd so‘mi talon - toroj qilinganligi aniqlanib, 34 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bundan tashqari, qurilish sifati va mablag‘lardan maqsadli foydalanishga alohida e’tibor qaratilib, 26,6 mlrd so‘mlik sifatsiz ishlar va 44,5 mlrd so‘mlik qo‘shib yozish holatlari joyida  bartaraf  etilgan. Olib borilgan nazorat tadbirlarida 32 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, davlatga yetkazilgan 17,6  mlrd so‘m zarar undirilgan.

Hayot Shamsuddinov huquqbuzarliklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish  borasidagi  tadbirlar  tizimli  ravishda  davom  ettirilayotganini ham qayd etgan. Unga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida respublikadagi mahallalarning 5 763 tasi yoki 61 foizida jinoyat qayd etilmagan. 2 947 tasi yoki 31,2 foizida jinoyatchilik barqaror saqlanib qolinishiga va  kamayishiga  erishilgan. Tezkor - qidiruv sohasida nazorat kuchaytirilib, noaniq sharoitlarda sodir etilgan 6 880 ta jinoyat fosh etilgan hamda qidiruvda bo‘lgan 3 324 nafar shaxsning ushlanishi ta’minlangan.  

Ko‘proq yangiliklar: