Toshkentdagi 9 mingdan ortiq xonadonda gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

Jamiyat 10:07 / 04.07.2024 2899

“Hududgaz Poytaxt” xabariga ko‘ra, quyidagi hududlarda gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:

Chilonzor tumani — “Mevazor”, “Yakkabog‘”, “2-Qatortol” MFYlaridagi 1124 ta xonadon hamda “Kichik Xirmontepa”, “Xirmontepa”, “Bo‘rijar”, “Mehirjon” va “Shuhrat” MFYlarda ko‘p qavatli uylardagi 6095 ta xonadon;

Uchtepa tumani — Uchtepa 11-mavze ko‘p qavatli uylaridagi 1895 ta xonadon.

Ulgurji iste’molchilar soni 29 ta.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Ko‘proq yangiliklar: